O‘lim, bankrotlik va saqich: dunyoning eng boy odamlari nimalardan qo‘rqishadi?
Dunyodagi eng boy odamlarga ham qo‘rquv hissi begona emas. Forbes Life Bill Geyts, Ilon Mask, Larri Peyj va boshqa milliarderlar nimalardan qo‘rqishi haqida ma'lumot berdi.
Ilon Mask

Tesla asoschisi sun'iy ongdan qo‘rqadi. Mask 2014 yilda bu sohadagi ishlanmalarni «iblis chorlovi»ga qiyoslagandi. 2018 yilda sun'iy ong insonlarni «spam manbasi» sifatida yo‘q qilib yuborishi mumkinligini aytdi. Yana ikki yildan keyin esa jurnalist Kara Svisher bilan suhbatda «sun'iy ong insonlarni yo‘q qilib tashlashi uchun bizlarni yomon ko‘rishi shart emas» dedi.
Piter Til, Sergey Brin va Larri Ellison

Birdaniga uch nafar milliarder o‘limdan qo‘rqadi va uzoq yashash yo‘llarini qidirib keladi. PayPal asoschisi Piter Til 120 yil yashashni rejalashtirganini aytadi va har kuni o‘sish gormoni qabul qiladi. U qarishning oldini olish texnologiyalari ustida ish olib borayotgan Metuzel fondiga 6 mln dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazgan.
Til shuningdek, qarishni to‘xtatish ustida ish olib boruvchi SENS tadqiqot fondi va bir nechta biotexnologiya firmalarini ham qo‘llab-quvvatlab keladi. Uni Oracle asoschilaridan biri Larri Ellison qo‘llab-quvvatlaydi. Milliarder 1997 yilda qarish bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazish uchun Ellison Medical Foundation fondini tashkil qilgan. Google hammuassisi Sergey Brin ham umrni uzaytirish bilan bog‘liq loyihalarga pul ajratib keladi.
Bill Geyts

Bill Geyts 2015 yilda millionlab insonlar umriga zomin bo‘ladigan epidemiyalardan qo‘rqishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda yadro urushi yuz berishi ehtimoli kam, ammo gripp 50 foiz ehtimol bilan insoniyatga o‘lim olib kelishi mumkin. Microsoft asoschisi shuningdek, miyasi ishlashdan to‘xtab qolishidan qo‘rqadi.
Jyerri Jons

Dallas Cowboys klubi egasi Jyerri Jons 10,6 mlrd dollarga teng boyligini yo‘qotishdan qo‘rqadi. Jonsning aytishicha, boyligidan ajraladigan bo‘lsa, uning kun ko‘rish uchun doktorlik darajasi yoki doimiy ishi yo‘q.
Opra Uinfri

Teleboshlovchi Opra Uinfri globofobiyadan aziyat chekadi. U shar yorilganda chiqadigan tovushdan o‘lgudek qo‘rqadi. «Bu menga otishmani eslatadi», — degandi Uinfri O Magazine jurnaliga bergan intervyusida.
Milliarder ayol shuningdek, mastikogummifobiya kasalligiga chalingan – Opra rezinka saqichga toqat qilolmaydi. Uning aytishicha, bunga chaynalgan saqichlarni shkafga yopishtirgan buvisi aybdor. «Bu meni qo‘rqitardi. Hozir ham ishxonamda rezinka saqich chaynashlariga ruxsat bermayman», — deydi Uinfri.
Richard Brenson va Uorren Baffet

Virgin Group asoschisi Richard Brenson Business Insider nashriga bergan intervyusida «tug‘ma uyatchan»ligini va omma oldida chiqish qilishdan qo‘rqishini aytgan.
Yana bir milliarder Uorren Baffet ham omma oldida chiqish qilishdan qo‘rqadi. Biroq u bu fobiyasidan xalos bo‘la olgan.
Jaklin Mars

Jaklin Mars dunyoning eng boy ayollari ro‘yxatida oltinchi o‘rinda turadi. Mars Inc. kompaniyasining 81 yoshli egalaridan biri deyarli intervyu bermaydi. Jaklin oilaning o‘ta maxfiy ishlab chiqarish sirlarini tasodifan ochib qo‘yishdan qo‘rqadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kimga imtiyozli ijtimoiy xizmatlar uchun vaucher beriladi?
O‘zbekiston | 09:03
-
Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:41
-
Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 08:36
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
Mavzuga oid

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:55 / 08.06.2025