Ertadan saylov tashviqoti to‘xtatiladi
2021 yil 23 oktyabr – O‘zbekiston prezidenti saylovi doirasida “sukunat kuni” hisoblanadi. Ya'ni, shu sanada va saylov kuni saylov tashviqoti olib borilmaydi.

Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Prezident saylovi 2021 yil 24 oktyabrga belgilangani tufayli, shu kuni va 23 oktyabr kuni saylov bo‘yicha har qanday ko‘rinishdagi tashviqot olib borish taqiqlanadi.
Shuningdek, Saylov kodeksining 103-moddasiga binoan, 23 va 24 oktyabr kunlari jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e'lon qilish (hammaga ma'lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.
Saylov to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Xususan, saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaxs tomonidan buzish MJtKning 51-5-moddasiga asosan 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e'lon qilish) tartibini buzish MJtKning 51-9-moddasiga asosan, mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini yana oshiradi
Jahon | 09:05
-
Isroil HAMASni o‘t ochishni to‘xtatish taklifini o‘zgartirishga urinishda aybladi
Jahon | 08:45
-
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 08:09
-
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin
O‘zbekiston | 07:46
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025