AQShda tibbiy xodim bemorlarni ommaviy o‘ldirishda aybdor deb topildi
AQShda shifoxona hamshiri bemorlarni qasddan o‘ldirishda aybdor deb topildi. U 4 kishining o‘limida ayblanmoqda.

Foto: AP
Texasda hukm chiqaruvchilar sudi ushbu jinoyatlarda gumonlangan 37 yoshli Uilyam Devisni aybdor deb topgan. Unga o‘lim jazosi berilishi mumkin. Ayblanuvchi ishlagan shifoxonada sud hukmi hamshirning qo‘lidan o‘lganlar yaqinlariga ma'lum darajada taskin topishda yordam berishi aytilgan.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Devis 2017 yil iyundan 2018 yil yanvargacha 7 nafar bemorning vena tomiriga ataylab havo kiritgan. Ulardan 47 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan 4 nafari vafot etgan. Bemorlarning barchasi yurakda jarrohlik amaliyoti o‘tkazgandan keyin muvaffaqiyatli tiklanayotgan bo‘lgan va shu sababli dastlab shifokorlar ularning ahvoli birdaniga yomonlashganini tushuna olishmagan. Bemorlarda birdaniga titroq boshlanib, ular miya shikastlanishidan vafot etishgan.
Kompyuter tomografiyasi vafot etganlarning miyasida havo borligini ko‘rsatgan va shundan keyin shifokorlar bu yerda qandaydir qing‘irlik borligini fahmlay boshlashgan.
Ayblanuvchi yakuniy hukm chiqarilgunga qadar turmada qoladi. Okrug prokurori sud yig‘ilishida shifoxona ommaaviy qotil yashirinishi uchun eng yaxshi joyga aylanganini aytgan.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 12.03.2025