Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga oshxonasi mavjud bo‘lmagan maktablar binosidan ijara to‘lovisiz foydalanishga ruxsat beriladi

Foto: avito.ru
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Oshxonasi mavjud bo‘lmagan umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilari uchun arzon, sifatli va sog‘lom ovqatlanish jarayonini tashkil etish maqsadida, Xalq ta'limi vazirligi xulosasiga asosan umumiy ovqatlanish xizmati sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlariga eng maqbul takliflarni tanlash orqali mazkur ta'lim muassasalari hududida oshxona faoliyatini yuritish uchun bino va inshootlar hamda yer maydonidan 5-10 yillik muddatga ijara to‘lovisiz foydalanish bo‘yicha umumiy o‘rta ta'lim muassasalari rahbarlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.
Bunda, tadbirkorlik sub'yektlariga o‘quvchilar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish, oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash, oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xomashyosini saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat'iy rioya etish majburiyatlari yuklanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalq ta'limi vazirligi bilan kelishilgan holda:
- 2021-2025 yillarda umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida oshxonalarning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan homiylik xayriyalari hisobidan hududiy manzilli dasturlarni ikki oy muddatda ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
- umumiy o‘rta ta'lim muassasalari hududida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilgan va tegishli hujjatlarsiz oshxonalar sifatida faoliyat olib borayotgan talab darajasida bo‘lgan binolarni umumiy o‘rta ta'lim muassasasi balansiga olish, talab darajasida bo‘lmagan binolarni buzish choralarini ko‘radi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti
Jahon | 13:21
-
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi
Ko‘chmas mulk | 13:15
-
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi
Jahon | 13:12
-
"Toshshahartransxizmat"ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari yarim yil o‘tib ozodlikka chiqdi
O‘zbekiston | 12:58
Mavzuga oid

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

12:02 / 19.06.2025