Ekvadordagi turmada yuz bergan tartibsizliklarda 24 kishi halok bo‘ldi
Ekvadorning Guayas provinsiyasida joylashgan turmada qurollangan mahbuslar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlarda kamida 24 kishi halok bo‘ldi, 42 kishi jarohat oldi. Bu haqda Guayas politsiyasi boshlig‘i Fausto Buyenano ma'lum qildi.

Foto: AP
To‘qnashuvlar boshlanishiga “Los-Lobos” va “Los-Xoneros” jinoiy to‘dalari a'zolari o‘rtasida chiqqan nizo sabab bo‘lgan. Janjal otishma, pichoqbozlik va portlashlar bilan kechgan. Provinsiya gubernatori Pablo Arozemena turmada tartib tiklanganini ma'lum qilgan.
Ekvador turmalarida mahbuslar o‘rtasida ommaviy to‘qnashuvlar tez-tez yuz berib turadi. Fevralda mamlakatning birdaniga uch turmasida yuz bergan to‘qnashuvlar davomida 79 mahbus halok bo‘lgan. Ekvador prezidenti Gilermo Lasso bir nechta shunday hodisadan keyin iyulda mamlakatning turmalar tizimida favqulodda vaziyat rejimini e'lon qilgan.
Mavzuga oid

16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident

13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi

21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin

11:35 / 22.04.2024