Shavkat Mirziyoyev Qo‘shtepada g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘shtepa tumaniga borib, g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasini ko‘zdan kechirdi.

Markaziy Farg‘ona yerlarida dehqonchilik qilish — mashaqqat. Ayniqsa, Qo‘shtepa tumanining qariyb 70 foiz hududi unumdorligi past yerlar. Shu sababli qishloq xo‘jaligida ko‘zlangan natijalarga erishilmas edi.
Davlat rahbari 2019 yilda Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida bunday maydonlarda tomchilatib sug‘orishni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.
Bugungi kunda Fergana Global textile paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan Isroilning Netafim kompaniyasi bilan hamkorlikda shunday loyiha amalga oshirilmoqda.
Birinchi bosqichda 215 gektar yerda tomchilatib sug‘orish joriy etildi. Buning uchun 17 ming kub metr sig‘imga ega sun'iy hovuz qurilib, 3 ta tik quduq qazildi. 520 ming dollarlik zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. Mazkur texnologiya yordamida bir vaqtning o‘zida 60 gektar paxta maydonini sug‘orish mumkin.
Ta'kidlanishicha, samaradorlik yaxshi bo‘lmoqda. Masalan, suv, o‘g‘it va yoqilg‘i sarfi ikki baravar, mexanizatsiya jarayoni to‘qqiz martaga kamaygan. Bu tizimni samarali ishlatish uchun 10 nafar yosh agronom o‘qitilgan.
Prezident tomchilatib sug‘orish jarayonini ko‘zdan kechirib, mutaxassislar bilan muloqot qildi.
«Bu hududning tuprog‘i qumloq, suv doim tanqis. Lekin avvallari bu yerda ham boshqa joylar bilan bir xil ish uslubi bo‘lgan. Shuning uchun tumanda qishloq xo‘jaligi rentabel emasdi. Masalan, paxtadan 10—12 sentner hosil olinar edi. Mana, bu yil 45 sentner bo‘lishi kutilyapti ekan. Bular — ilm bilan yondashish samarasi. Qilsa, bo‘lar ekan-ku», — dedi Prezident.
Loyihaning ikkinchi bosqichida 1 ming 200 gektar maydonda tomchilatib sug‘orishni joriy etish belgilangan. Mutaxassislar fikricha, ushbu texnologiya ikki mavsumda xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
Shu yerning o‘zida davlat rahbari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

15:15 / 19.04.2025
“Birgina videosi YouTube’da 35 mln marta tomosha qilingan” - qo‘shtepalik yosh muhandis bunga qanday erishmoqda?

16:35 / 12.04.2025
“Qishloqda yashab ham kam bo‘lmadik” - qo‘shtepalik bog‘bon

17:43 / 08.02.2025
Tepaliklar birlashtirgan tuman: Qo‘shtepa tumaniga sayohat

20:17 / 27.12.2024