Sudanda harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urindi
General-mayor Abdul-Boqi Bakraviy boshchiligidagi 20 nafardan ortiq yuqori martabali ofitserlar Sudan armiyasining bronetank korpusini o‘z nazoratiga olgan, so‘ngra davlat ommaviy axborot vositalari ofislarini egallashga uringan.

Foto: Reuters
Sudanda bir guruh harbiylar hukumat obektlarini nazoratga olishga va davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urindi, deb xabar berdi Al Arabiya.
Mamlakat hukumat kengashidagi manbaning Reuters agentligiga aytishicha, hozirda hukumat vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Davlat telekanallarida mamlakat poytaxti Xartum shahri ko‘chalarida tanklar yurgani aks etgan lavhalarni namoyish etdi. Bundan tashqari, qayd etilishicha, davlat telekanallarida vatanparvarlik to‘g‘risidagi qo‘shiq va kliplar ko‘rsatilmoqda.
Al Arabiya telekanalining ta'kidlashicha, general-mayor Abdul-Boqi Bakraviy boshchiligidagi 20 nafardan ortiq yuqori martabali ofitserlar Sudan armiyasining bronetank korpusini o‘z nazoratiga olgan, so‘ngra davlat ommaviy axborot vositalari ofislarini egallashga uringan. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda fitnaning barcha ishtirokchilari hibsga olingan.
2019 yil aprelda yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng mamlakatni 1993 yildan buyon boshqarib kelayotgan prezident Umar al-Bashir hibsga olingandi. May oyida harbiylar va muxolifat uch yillik o‘tish davri to‘g‘risida kelishuv imzoladi.
Mavzuga oid

20:59 / 06.03.2025
Ruminiyada davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ish figurantlaridan biri - 101 yoshli general

20:44 / 06.03.2025
Germaniyada «reyxsbyurgerlar» harakati a’zolariga hukm o‘qildi

16:45 / 26.02.2025
Sudanda harbiy samolyot halokatga uchradi. 40 dan ortiq inson halok bo‘ldi

17:40 / 05.02.2025