Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda koronavirusga chalingan sayyohlar bepul davolanadi
Misrga kelgach yoki u yerda dam olish vaqtida koronavirusga chalingan xorijiy sayyohlarning davolanishi uchun ketadigan tibbiy xarajatlarni davlat qoplab beradi. Bu haqda Misrning turizm va qadimiyliklar vaziri Xolid al-Ananiy ma'lum qildi.

Foto: Chris McGrath/Getty Images
“Agar Misrga kelgan sayyoh koronavirusga chalinsa, bu muammoni hal qilishning ikki yo‘li bor. Agar kasallik og‘ir shaklda kechmayotgan bo‘lsa, unda mehmonxona bemor haqida sog‘liqni saqlash va turizm vazirliklariga xabar qiladi. Sayyoh mehmonxonada alohida xonaga joylashtirilib, u yerda o‘zi va atrofidagilar (agar kasallik alomatlari bo‘lsa) mehmonxona hisobidan davolanadi”, deb aytgan vazir.
Uning ta'kidlashicha, ikkinchi variantga ko‘ra, kasallik og‘ir shaklda kechsa, unda sayyoh shifoxonaga yotqiziladi va davolash sog‘liqni saqlash vazirligi hisobidan olib boriladi.
Al-Ananiy Misr JSST tavsiya qilgan vaksinalar bilan emlanganlarni qabul qilishini eslatib o‘tgan.
Ayni vaqtda Misrga QR-kodga ega to‘liq emlanganlik haqidagi sertifikat (vaksinaning ikkinchi komponenti safardan eng kamida 14 kun oldin kiritilgan bo‘lishi kerak) yoki Misrga kelishdan oldidan 72 soat ichida olingan manfiy PZR-test bilan kirish mumkin. 6 yoshgacha bolalarga hech qanday tibbiy ma'lumotnoma shart emas. Agar sayyohda emlanganlik sertifikati yoki PZR-test bo‘lmasa, unda u aeroportda 30 dollarga testdan o‘tishi imkoniyati mavjud.
Shuningdek, barcha sayyohlar samolyot bortida tibbiy deklaratsiya formasini (Health Declaration Form) to‘ldirishlari lozim bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jazirama kunlari tez yordamga salkam 250 mingta chaqiriq kelib tushdi
Jamiyat | 14:20
-
Qozog‘istonga boj solgan Tramp, Rossiyada o‘zini otib o‘ldirgan vazir va “Hsh”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:17
-
Netanyahu: Falastinliklarda G‘azoni tark etish imkoni bo‘lishi kerak
Jahon | 14:11
-
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi
Jahon | 14:00
Mavzuga oid

09:03 / 03.07.2025
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin

14:11 / 22.06.2025
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi

13:42 / 21.06.2025
Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi

21:04 / 09.06.2025