Boliviyadagi yo‘l-transport hodisasida 21 kishi halok bo‘ldi
Boliviyaning markaziy qismida avtobusning jarga qulashi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Luis Arse ma'lum qildi.

“Biz Kochabamba departamentidagi Morochata shahri yaqinida avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida 21 kishi halok bo‘lgani va 12 kishi jabrlangani haqida qayg‘uli xabar oldik. Qurbonlar oilalariga hamdardlik bildiramiz”, deb yozgan Arse Twitter’da.
Unitel telekanalining xabar berishicha, Kilyakolo shahriga yo‘nalayotgan avtobus 200 metr balandlikdan qulagan. Hozirda shifoxonada bo‘lgan avtobus haydovchisining ta'kidlashicha, u yo‘lda ko‘tarilgan chang sababli oldinda ketayotgan mashinani kech payqagan va u bilan to‘qnashishdan qochish uchun avtobusni keskin to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Buning oqibatida u avtobus boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi jarga qulagan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
-
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi
Jahon | 08:43
Mavzuga oid

18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi

18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi

22:37 / 27.10.2024
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moralesga suiqasd uyushtirildi

17:12 / 23.09.2024