Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangi pulli yo‘llar vaqtni 4 soatdan 2 soatgacha qisqartiradi» - Shuhrat Vafoyev

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev qurilishi rejalashtirilayotgan pulli yo‘llar haqida to‘xtalib, yangi yo‘llar mintaqalar bo‘yicha savdo narxini pasaytirishga yordam berishini aytib o‘tdi.
«Biz xorijiy sarmoyadorlarga pulli yo‘llar qurish uchun ikkita yo‘nalishni, Toshkentdan Samarqandgacha (305 km) va Toshkentdan Andijongacha (340 km), taklif qilishni rejalashtirmoqdamiz. Tender hujjatlari Jahon banki va YeTTBdagi hamkasblarimiz bilan birgalikda tayyorlanmoqda va kelgusi yilda savdolarni boshlashni reja qilyapmiz.
Umumiy uzunligi qariyb 645 km bo‘lgan yangi yo‘llar vaqtni 4 soatdan 2 soatga qisqartiradi va mahalliy, mintaqaviy va xalqaro yo‘lovchi va yuk tashish uchun ishlatiladi.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish mintaqaning transport infratuzilmasini yaxshilaydi va mintaqalar bo‘yicha savdo narxini pasaytirishga yordam beradi.
Xususiy sektor ishtirokida ishlab chiqilayotgan ushbu va boshqa loyihalar kuchli iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaratish orqali rivojlanishimizga katta hissa qo‘shadi», dedi Vafoyev.
Shuningdek, mutaxassis Masdar tomonidan O‘zbekistonda qurilayotgan quyosh fotoelektr stansiyalariga ham to‘xtalib, kompaniya elektr tokini rekord darajada past narxlarda, Samarqand uchun bir kVt soatini 1,79 sent, Surxondaryo loyihasi uchun 1,80 sent va Jizzax loyihasi uchun 1,82 sent narxida yetkazib berishga kelishilganiga ham urg‘u berdi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
Mavzuga oid

23:38 / 09.11.2023
Shuhrat Vafoyev SIA rahbari lavozimini tark etadi - OAV

19:26 / 09.09.2022
Strategik islohotlar agentligiga rahbar tayinlandi

16:42 / 03.10.2018
O‘zbekiston keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma'lum bo‘ldi

17:54 / 22.05.2018