O‘zbekiston | 12:45 / 27.08.2021
3392
2 daqiqa o‘qiladi

6 oy davomida Kadastr agentligining 48 nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan

Senatning o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, senator Farhod Boqiyev ushbu masala yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirib, kadastr sohasida uchrayotgan muammo va kamchiliklarga e'tibor qaratdi.

– Kadastr agentligi tashkil etilgandan buyon 354 mingta qo‘shimcha obekt aniqlangan va budjetga 468 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushirilgan, – dedi senator F.Boqiyev. – Joylardagi 403 mingta ko‘chmas mulk obektida qo‘shimcha qurilmalar aniqlangan va kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqilib, budjetga mol-mulk solig‘i bo‘yicha qo‘shimcha 99,9 mlrd so‘mlik manba yaratilgan. Umuman olganda, Kadastr agentligi hozirda 17 turdagi xizmatlardan 13 tasi elektron inson omilisiz amalga oshirilmoqda. Bu yaxshi, albatta. Biroq oxirgi paytlarda kadastr sohasida deyarli har kuni yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar sodir bo‘lmoqda.

Ta'kidlanishicha, 2020 yilda 67 nafar va 2021 yilning olti oyida 48 nafar agentlik mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan 70 ta jinoyat sodir etilgan. Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. 

Mavzuga oid