Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hayvondan nima farqi bor bu eshakning?» - Qashqadaryo viloyat Moliya boshqarmasi boshlig‘i Koson tumani moliya mudirini haqorat qildi

Fayzulla Yusupov / Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Qashqadaryo viloyati Moliya boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Yusupov Zoom orqali o‘tkazgan yig‘ilishida o‘ziga e'tiroz bildirgan Koson tumani moliya bo‘limi mudirini haqorat qilgan. Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, F.Yusupov bu xatti-harakati yuzasidan qat'iy ogohlantirilgan. Shuningdek, Moliya vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Moliya boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Yusupov xodimlari bilan Zoom orqali o‘tkazgan yig‘ilishida Koson tumani moliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Safarovni haqorat qilgani yozilgan audioyozuv tarqaldi. Unda F.Yusupov Sh.Safarovga «Yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rib kel, sen noinsof, eshak» degan. So‘ng uning ushbu haqoratiga «Bir eshak deb yuboryapsiz, bir hayvon. Kim hayvon?» deb e'tiroz bildirgan Sh.Safarovga boshliq «Sen hayvonsan. To‘xtab tur, sen bola. Sen faksogramma olmasdan turib moliya mudiri bo‘lib o‘tiribsanmi hali? Chiqib ket yig‘ilishdan. Chiqar bu noinsofni», deb battar haqorat qilgan.
Majlis davomida F.Yusupov xodimlaridan biriga Koson tuman hokimiga o‘zi nomidan moliya mudirini ishdan olishini so‘rab xat yozishni, nusxasini viloyat hokimiga yuborishni buyurgan. Bundan tashqari, u xodimni «Hayvon dedingiz», deb likillaydi. Hayvondan nima farqi bor bu eshakning?! Hayvon bu, «naturalniy», deb yana haqorat qilgan. Bundan tashqari, yana bir nechta tuman moliya mudirlariga po‘pisa qilgan.
Ma'lum qilinishicha, holat viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari N.Erkayev rahbarligida F.Yusupov va Sh.Safarov ishtirokida viloyat hokimligida muhokama qilingan. Muhokama davomida F.Yusupov ish faoliyatida xodimlarga nisbatan odob-axloq normalariga amal qilgan holda munosabatda bo‘lish hamda masalalarni qonun doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan qat'iy ogohlantirilgan.
Bundan tashqari, bu kabi holatlar viloyatning boshqa tashkilotlari rahbarlari ish faoliyatida qaytarilishining oldini olish hamda rahbarlarning mas'uliyatini oshirish maqsadida, viloyat Moliya boshqarmasi boshlig‘i F.Yusupovning mas'uliyatini ko‘rib chiqish yuzasidan Moliya vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.
«Viloyat hokimligi kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida viloyat tashkilotlarining barcha rahbarlari bilan xodimlar va fuqarolar bilan munosabatda bo‘lishda odob-axloq normalariga rioya qilishi to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkazadi», deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
-
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18
Mavzuga oid

17:02 / 14.07.2025
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi

15:31 / 20.06.2025