O‘zbekistonga «Pfizer» vaksinasidan 1,2 mln doza olib kelinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq shahriga tashrifi jarayonida berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga 1,2 mln doza “Pfizer” vaksinasi keltiriladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Reuters
29 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrifi chog‘ida “Jurabek Laboratories” MChJ qo‘shma korxonasida bo‘ldi. Bu yerda davlat rahbari COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekistonga yana 17,9 mln doza vaksina yetib kelishi rejalashtirilgan:
- “Moderna” — 3 mln doza;
- “Pfizer/Bio N Tech” — 1,2 mln doza;
- “ZF-UZ-VAC-2001” — 12 mln doza;
- “Sputnik V” — 1,7 mln doza.
Shuningdek, 2021 yilda xarid qilingan barcha vaksinalarga 44 mln 761,5 ming AQSh dollari sarflangani ma'lum qilindi. Shundan o‘zbek-xitoy vaksinasiga 39 mln 100 ming dollar, “Sputnik V” vaksinasiga 3 mln 681,5 ming dollar va “AstraZeneca” vaksinasiga 1 mln 980 ming dollar sarflangan.
Davlat rahbari vaksina ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishar ekan, xalq uchun emlanish nihoyatda zarurligini ta'kidladi. “Kasallikni yengishning bundan samaraliroq usuli yo‘q”, dedi u.
Uchrashuvda aytilishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilayotgan «Sputnik V» vaksinasining birinchi namunasi Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqilib, Rossiyaning Gamaleya institutiga tekshirish uchun yuborilgan. Mazkur vaksinani ishlab chiqarish avgust oyi yakuniga qadar yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallangan
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

00:49 / 08.12.2024
Vengriya va Polsha Yevrokomissiya rahbariga qarshi sud jarayonlariga qo‘shildi

13:47 / 28.03.2023
SSV: Mart oyida O‘zbekistonga 5 ta mamlakatdan Pfizer vaksinalari olib kelindi

11:34 / 06.12.2022
Pfizer va BioNTech kompaniyalari Moderna'ga qarshi patent da’vosi bilan sudga murojaat qildi

10:23 / 27.08.2022