Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangi Andijon» shahrini qurish uchun 4 ming gektar yer maydoni ajratiladi

Prezident tomonidan "Yangi Andijon" shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
Hujjatga asosan 440 ming aholi uchun "Yangi Andijon" shahrini bosqichma-bosqich kompleks qurish uchun Andijon tumanining adirliklari hududidagi o‘zlashtirilmagan 4 ming gektar yer maydoni ajratiladi.
Shahar barpo etilishining I bosqichida 121 ming aholi uchun ko‘p qavatli turar joylar, ijtimoiy soha, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari, shuningdek, kichik sanoat zonasi quriladi.
Quyidagilar tashkil etildi:
- "Yangi Andijon" shahrini barpo etish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi;
- shaharni barpo etish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi shtab;
- Andijon viloyati hokimligi huzurida "Shaharda obektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi" DUK.
Quyidagilar belgilandi:
- Respublika komissiyasi, Shtab va Direksiyaning asosiy vazifalari;
- Direksiya faoliyatini va shaharni barpo etishning I bosqichini moliyalashtirish manbalari.
I bosqich doirasida:
a) obektlarni barpo etish buyurtmachisi funksiyalarini quyidagilar bajaradi:
- Direksiya - ichki yo‘llarni, ijtimoiy soha va obodonlashtirish obektlarini qurish qismida;
- tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralar hamda ularning buyurtmachi xizmatlari - tashqi muhandislik, aloqa va transport kommunikatsiya obektlarini qurish qismida;
b) istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida:
- shaharning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun - bosh loyiha tashkiloti "O‘zshaharsozlikLITI" DUK tomonidan "Keym Kensel Yenileme Merkezi A.Ş." kompaniyasi (Turkiya);
- ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - "O‘zkommunalloyihaqurilish" MChJ hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
- avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - "Yo‘l loyiha byurosi" MChJ, "O‘zyo‘lloyiha" loyiha-qidiruv instituti" DUK, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi boshqa loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
- elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik tarmoqlari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - Energetika vazirligi tizimidagi loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
- ijtimoiy soha, infratuzilma obektlari va umumiy foydalanish maydonlari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun - buyurtmachilar tomonidan eng yaxshi takliflar tanlovi orqali aniqlangan loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari jalb qilinadi;
v) shaharda ko‘p qavatli uy-joylarni qurish uchun metallprokat va sement mahsulotlarini pudratchi tashkilotlarga yetkazib berish Prezidentning 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son Farmonida ko‘zda tutilgan alohida birja savdo seksiyasi orqali sotish tartibi asosida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

19:42 / 15.04.2025
Andijonda Bobur shahri paydo bo‘ladi

16:30 / 21.09.2024
Ukrainada 300 dan ortiq aholi punkti nomi o‘zgartiriladi

11:49 / 13.08.2024
Daraxtlar jaziramada shahar havosini sovitolmasligi mumkin - tadqiqot

17:55 / 28.06.2024