Boliviyada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi

Foto: twitter.com/pagina_siete
Boliviyada avtobusning jarlikka qulashi 34 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Unitel telekanali xabar berdi.
Avtobus Boliviya poytaxti Sukrega yo‘l olayotganda Chatakillada 150 metr balandlikdan jarlikka qulagan. Voqea oqibatida yana 10 kishi jarohatlangan, ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Avtohalokat sabablari aniqlashtirilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqeaga haydovchining xatosi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Halokat joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi

16:52 / 01.01.2025
Efiopiyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 71 kishi halok bo‘ldi

18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi

22:37 / 27.10.2024