Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev turkiyaliklarga noqonuniy ravishda qirg‘iz pasportlarini berishda gumonlanmoqda
Ma'lumot berilishicha, fuqarolik berish bo‘yicha qaror Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi fuqarolik ishlari bo‘yicha komissiya tomonidan qabul qilingan, farmonga esa Atamboyev imzo chekkan. Natijada o‘n nafar Turkiya fuqarosi qirg‘iz pasportiga ega bo‘lgan.

Foto: RIA Novosti
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev yana bir jinoyat ishi bo‘yicha tergovga tortilishi mumkin: Bishkek ichki ishlar bosh boshqarmasi 2016 yilda Turkiya fuqarolariga noqonuniy ravishda Qirg‘iziston pasportlari berilishi bo‘yicha surishtiruv boshladi.
Ma'lumot berilishicha, fuqarolik berish bo‘yicha qaror Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi fuqarolik ishlari bo‘yicha komissiya tomonidan qabul qilingan, farmonga esa Atamboyev imzo chekkan. Natijada o‘n nafar Turkiya fuqarosi qirg‘iz pasportiga ega bo‘lgan.
2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng Turkiya hukumati Qirg‘iziston hududida faoliyat ko‘rsatayotgan muxolifatchi Fathulloh Gulen fondi muassisligidagi "Sebat" litseyi respublika xavfsizligiga tahdid solishini bildirgan va ularni yopishni tavsiya qilgandi.
Qirg‘iziston litseylarni yopmaslikka, ammo ularning nomini "Sapat" deb o‘zgartirish, nizomiga o‘zgartirishlar kiritish hamda muassislar tarkibiga mamlakat ta'lim vazirligini ham kiritishga qaror qildi.
Turkiya fuqarosi O‘rxan Inanda "Sebat" litseylar tarmog‘i va "Otaturk-Ala-Too" universiteti asoschisi hisoblanadi. U 2012 yilda Qirg‘iziston fuqaroligini olgan.
2 iyun kuni Qirg‘iziston OAV Inandaning qarindoshlari u yo‘qolib qolgani to‘g‘risida militsiyaga ariza bilan murojaat qilishgani haqida xabar berdi. 5 iyulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Inanda maxsus operatsiya natijasida ushlanib, Turkiyaga olib kelinganini ma'lum qildi.
6 iyulda Qirg‘iziston prezidenti hukumat Turkiyadan Inandaning qaytarilishini talab qilishini aytgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51
-
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?
Jamiyat | 22:33
-
Aholi tashabbuslari uchun maydon, ekologik inspektorlarning kaltaklanishi, YPX xodimining qahramonligi, Toshkentdagi UzFace tizimi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:26
-
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi
Jahon | 22:00
Mavzuga oid

19:01 / 16.07.2025
Istanbul sobiq meri Akrom Imomo‘g‘li 1 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi

13:09 / 15.07.2025
Turkiyadagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qiladi

17:26 / 12.07.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?

21:05 / 11.07.2025