Surxondaryoda «Kamaz» yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Kobalt» haydovchisi vafot etdi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida «Kamaz» yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, «Kobalt» bilan to‘qnashgan. Oqibatda «Kobalt» haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 iyul tonggi soat 3:30larda M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jarqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi 1591-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Jarqo‘rg‘on-Termiz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan «Kobalt» mashinasi ro‘parasidan kelayotgan «Kamaz» yuk mashinasi bilan o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda «Kobalt» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «Kamaz» yuk mashinasi haydovchisini boshlig‘i yo‘lga majburlab chiqargan. Natijada u uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va «Kobalt»ning yo‘liga chiqib ketgan.
Surxondaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan «Neksiya» «Kamaz» bilan to‘qnashdi. Bir kishi vafot etdi
Mavzuga oid

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

17:21 / 11.03.2025
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:10 / 11.03.2025