Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehribonlik uylari bitiruvchilari va IIV xodimlari farzandlari uchun qabul kvotalari belgilandi
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi bitiruvchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta'lim muassasalari va ta'lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 155ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta'lim shakllari kesimida:
- kunduzgi ta'lim shakli uchun – 2 270ta;
- sirtqi ta'lim shakli uchun – 754ta;
- kechki ta'lim shakli uchun – 131ta.
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari OTMlar va ta'lim shakllari bo‘yicha taqsimlanadi.
Bu toifaga mansub bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 1 580ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta'lim shakllari kesimida:
- kunduzgi ta'lim shakli uchun – 1 137ta;
- sirtqi ta'lim shakli uchun – 377ta;
- kechki ta'lim shakli uchun – 66ta.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 3 foizlik davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta'lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 875ta qo‘shimcha kvota ajratildi.
Mazkur imtiyozga ega abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tishdan avval topshirmoqchi bo‘lgan OTMga imtiyoz doirasida qancha kvota ajratilgani bilan tanishib olish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uyqudagi bezovtalik miyani shikastlab, aqliy zaiflashuv xavfini oshirishi aniqlandi
Sog‘lom hayot | 13:13
-
Toshkent tibbiyot universiteti talabasi samolyotda inson hayotini saqlab qoldi
O‘zbekiston | 12:50
-
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Jahon | 12:49
-
O‘zbekiston 8 ta davlatdagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan ayollar va bolalarni qaytaradi
O‘zbekiston | 12:18
Mavzuga oid

22:48 / 01.04.2021
«Hududlarda 10 ming nafar tor doiradagi mutaxassislar yetishmaydi» – Kelgusi o‘quv yilidan klinik ordinaturaning qabul kvotasi oshiriladi

17:30 / 09.06.2020
Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialiga qabul kvotalari tasdiqlandi

18:40 / 17.06.2019
5 yillik stajga ega xodimlar tavsiya asosida test sinovlarisiz talabalikka qabul qilinadi

19:24 / 21.09.2018