Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish uchun 100 mln dollar ajratiladi

Prezidentning «Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan quyidagi mablag‘lar ajratiladi:
a) «Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga markazlashgan investitsiyalarni oshirish hisobiga qaytarib bermaslik sharti bilan – 100 mln dollar ekvivalentida, shundan:
- 25 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar – ijtimoiy soha obektlarini qurishga, shu jumladan Andijon tibbiyot instituti obektlari uchun;
- 15 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar – yo‘l o‘tkazgichini va yo‘l infratuzilma obektlarini barpo etishga;
- 60 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar – kommunikatsiya tarmoqlari, muhandislik infratuzilmasini yaratishga, loyihalashtirish ishlariga, qurilish ishlarini nazorat qilish, boshqarish va boshqa xarajatlarga;
b) Andijon viloyatida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun – 80 mln dollar ekvivalentida tijorat banklariga, shundan:
- 40 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 7 foiz stavkasida – teng ulushda «O‘zsanoatqurilishbank» va «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banklari orqali 200 ta mahallada kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida biriktirilgan «yetakchi» tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga;
- 40 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘lar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 11 foiz stavkasida - «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki orqali issiqxona massivlarini barpo etish va aholi xonadonlarida issiqxonalar tashkil etishni moliyalashtirishga;
v) kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlari, shu jumladan bank kreditlari bo‘yicha kafilliklar berish uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi resurs bazasini oshirish hamda Xonobod shahrida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish tadbirlarini moliyalashtirish uchun Davlat budjetiga qaytarib bermaslik sharti bilan – 20 mln dollar ekvivalentida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
Jahon | 09:56
-
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:37
-
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi
Jahon | 09:34
Mavzuga oid

19:42 / 15.04.2025
Andijonda Bobur shahri paydo bo‘ladi

15:42 / 12.01.2024
G‘aroyib maskanlar: AQShdagi bitta uydan iborat shaharcha qanday paydo bo‘lgan? (Foto)

08:58 / 27.07.2021
«Yangi Andijon» shahrini qurish uchun 4 ming gektar yer maydoni ajratiladi

12:11 / 18.06.2021