Ikkita elektroskuterlik bo‘lgan juydamlik Qahramon aka saxovatpesha insonlarni duo qilmoqda
Kun.uz Farg‘ona shahrining Juydam mahallasida umrguzaronlik qilib kelayotgan Qahramon Ahmedov haqida lavha e'lon qilgan edi. Bu lavhani ko‘rgan ortidan ko‘plab saxovatpesha hamyurtlarimiz jismoniy imkoniyatlari cheklangan Qahramon akaga yordam qilish niyatida ekanliklarini aytishdi.

Yaxshi insonlar tufayli Qahramon akaning azaliy orzusi ushaldi: unga bir emas ikki skuter olib berildi. 16 yil unga xizmat qilib kelgan aravasi yoniga zamonaviy 2 skuter qo‘shildi.
«Toshkent shahridan kelishib elektroskuter tashlab ketishdi. Amerikada yashovchi hamyurtimiz ham shunday skuter uchun pul jo‘natdi. Ehsonlari qabul bo‘lgan bo‘lsin. Umrlari uzoq bo‘lsin. Murod-maqsadlariga yetishsin. Avvalgidan ko‘ra hozirgi holatim ancha yaxshi. Bozorga borib kelish uchun avvallari bir yarim soat vaqt sarflar edim. Endi esa yarim soatda borib kelyapman», — deydi Qahramon Ahmedov.
U ayni paytda elektroskuterlarini birini «zaryad»ga qo‘yib, ikkinchisini haydab almashib minib yuribdi.
«Zaryadi tugaganini uyga qo‘yib, ikkinchisi minyapman. Skuterni boshqarishda qiyinchilik yo‘q, Allohga shukr. Lavhadan keyin Amerika, Rossiya va boshqa chet davlatlarda yashaydigan hamyurtlarimizdan qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Pul jo‘natgan odamlarga mingdan ming rahmat aytib qolaman. Skuterdan ortib qolgan pulga qurilish materiallari ham sotib oldim. Xursand bo‘lganimdan yayrab hammalarini duo qilib minib yuribman. Meni xursand qilganlarni Yaratgan xursand qilsin», — deydi Qahramon aka jo‘shib.
Ko‘cha-ko‘yda Qahramon akani skuter haydab yurganini ko‘rgan mahalladoshlari uni tabriklashib, ehson qilganlar haqqiga duo qilishar edi. Qahramon aka esa o‘zida yo‘q xursand. Uning ortiqcha jismoniy kuch sarflab, issiqlarda ko‘cha kezgan kunlari ortda qoldi.
Rafiqasi Hafiza opaga ham lavha ortidan hokimiyat tomonidan tikuv mashinalari olib berilibdi. Mutasaddilar oilaning yangi bir muammosiga e'tibor qaratishgan: ular yashayotgan hovlining kadastr hujjatlari ham tayyor bo‘lyapti. Asosiysi, Qahramon akaning og‘iri yengil bo‘lib, qiyinchiliksiz bozorga borib kelyapti.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chexiyada blekaut yuz berdi
Jahon | 17:45
-
Eronga qarshi harbiy harakatlar butun mintaqani urush girdobiga tortish xavfini tug‘dirdi – Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston | 16:40
-
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 16:16
-
Moskvada geolokatsiyasi o‘chirilgan migrantlar ro‘yxatdan chiqariladi
Jahon | 16:13
Mavzuga oid

14:39 / 26.06.2025
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

16:36 / 17.06.2025
Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tmoqda

08:40 / 07.06.2025
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

11:02 / 23.05.2025