Endi o‘zbekistonliklar «Al-Azhar»da faqatgina Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tavsiyasi asosida o‘qiy oladi
2021 yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Misrda joylashgan «Al-Azhar»ning barcha muassasalariga faqatgina Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyasi asosida qabul qilinadi.

Foto: Al-Azhar
Ma'lum qilinishicha, joriy yildan «Al-Azhar» majmuasida ta'lim olish yuzasidan murojaatlar 2021 yil 25 iyundan – 15 iyulgacha Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida tashkil etilgan O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha Maslahat kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda qo‘mita tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Ta'lim majmuasiga kelasi yilda qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlari esa yil davomida – 2021 yil 1 avgustdan 2022 yil yil 30 iyunga qadar Maslahat kengashi tomonidan qabul qilinadi.
«Al-Azhar»da o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi kerak:
- Ariza (namuna bo‘yicha)
- Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;
- Umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yoki oliy ta'lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
- Fuqaroning shaxsiy ma'lumotnomasi (namuna bo‘yicha to‘ldirish shakli) va tarjimai holi (erkin shaklda).
Fuqarolarning murojaatlari Maslahat kengashi ishchi guruhi tomonidan joriy yil 16-30 iyul kunlari ko‘rib chiqiladi hamda suhbat natijasiga ko‘ra «Al-Azhar» ta'lim majmuasida o‘qishga tavsiya etilgan fuqarolar ro‘yxati tavsiya xati asosida majmua administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi.
Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi «Xorijiy diniy ta'lim muassasalarida ta'lim olish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 651-sonli qarori bilan o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15 iyun kuni ombudsman o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova boshchiligidagi delegatsiya Misr rasmiylari bilan uchrashib, u yerda ta'lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar, bolalar huquqlarini himoya qilish, ularni diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy ta'siridan himoyalash bo‘yicha fikr almashgan edi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alshaya Group O‘zbekistonda ilk savdo nuqtalarini ishga tushiradi
O‘zbekiston | 14:33
-
🔴LIVE: Ikki tomon ham to‘xtamoqchi emas. Isroil-Eron urushi – ekspertlar nazarida
Jahon | 14:24
-
«Maqsadi bitta – tadbirkorlarga sotish!» – prezident yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganini tanqid qildi
O‘zbekiston | 14:13
-
Erdo‘g‘an: Isroil G‘azodagi genotsiddan e’tiborni chalg‘itmoqchi
Jahon | 14:09
Mavzuga oid

22:29 / 21.04.2025
Haj va Umra yagona portali ishlab chiqiladi

15:10 / 19.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasiga qabul qilinishi tartibga solinadi

18:55 / 24.08.2024
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 4 nafar xodimi davlat mukofoti oldi

12:31 / 24.05.2023