Haj va Umra yagona portali ishlab chiqiladi
Portal Haj tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda Umra tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladigan tizim hisoblanadi.

Foto: nampravda.uz
«Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini ta’minlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- jamiyatda diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlashga oid ilg‘or mexanizmlarni joriy etish;
- ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarning insonparvarlik, ezgulik, tinchlik va bag‘rikenglik kabi umuminsoniy va oliyjanob g‘oyalarga asoslangan diniy-falsafiy merosini chuqur o‘rganish hamda keng targ‘ib etish;
- diniy-ma’rifiy sohada kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish orqali zamon talablariga mos mutaxassislarni yetishtirish;
- aholi orasida birdamlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat ruhini kuchaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash;
- diniy-ma’rifiy sohadagi xalqaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish.
Farmonga muvofiq, fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oshirishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, Haj va Umra ziyoratlariga borishi bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida ortiqcha byurokratik tartibotlarni bartaraf etish maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025 yil 1 sentabrga qadar Haj va Umra yagona portalini hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqadi.
Belgilanishicha:
- portal Haj tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda Umra tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladigan tizim hisoblanadi;
- portalda Haj va Umra faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlar raqamlashtiriladi;
- vazirlik va idoralar Qo‘mita so‘roviga ko‘ra o‘zining axborot tizimlari portalga integratsiya qilinishini ta’minlaydi;
- Din ishlari bo‘yicha qo‘mita portal faoliyatini moliyalashtirishga, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, aloqador davlat va nodavlat tashkilotlar uchun foydalanish imkoniyatini yaratishga mas’ul davlat organi hisoblanadi;
- Qo‘mita Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Portaldan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Mavzuga oid

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

07:32 / 25.04.2025
Saudiyada och va boshpanasiz qolgan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi

12:47 / 24.04.2025
Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

08:45 / 21.04.2025