Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saylovoldi jarayoniga iyulda start beriladi. Sherzod Asadov prezident sayloviga nomzodlar e'lon qilinishi haqida

Prezident matbuot kotibi OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda boshlangan haftada davlat rahbari ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilgani to‘g‘risida ma'lumot taqdim etdi. Shuningdek, Sherzod Asadov jurnalistlardan kelib tushgan savollarga ham javob berdi.
Brifingda ishtirok etgan Amerika Ovozi jurnalisti Navbahor Imomova prezident matbuot kotibidan Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka yana o‘z nomzodini qo‘yishi haqida so‘radi.
Sherzod Asadov saylovga tayyorgarlik jarayoni boshlanganini, O‘zbekiston YeXHTning DIIHB missiyasini bir necha bor qabul qilgani, saylovni jahon standartlari bo‘yicha olib borishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi.
«Demak, saylovoldi jarayoniga start berilishiga uncha ko‘p vaqt ham qolmadi, bu – iyul oyi oxiri. Nomzodlar kim, qachon o‘z nomzodini ilgari surishini, biz, albatta, mana shu muddatgacha kutishimiz kerak. Birinchi navbatda, bu har bitta nomzodning, har bir fuqaroning o‘z konstitutsiyaviy huquqi», dedi prezident matbuot kotibi.
- Ma'lumot uchun, prezident saylovini O‘zbekiston fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradi. Ushbu lavozimga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston prezidenti besh yil muddatga saylanadi.
O‘zbekistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari shu yilning oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.
Odatga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentligi saylovlarida asosiy nomzoddan tashqari boshqa partiyalarning yetakchilari ham o‘z nomzodini ilgari suradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yil dekabridagi saylovlarda Liberal-demokratik partiyadan nomzod bo‘lgandi.
Iyun oyi boshida «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov partiya prezidentlikka o‘z nomzodini iyun oyida e'lon qilishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.
Bundan tashqari, kuzdagi saylovlarda Adolat» SDP raisi Bahrom Abduhalimov, Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov va Ekologik partiya raisi Narzullo Oblomurodov ham nomzod bo‘lishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

16:21 / 29.06.2025
Ukrainada urushdan keyin saylovlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda

17:35 / 11.06.2025
Yetakchilarning futbolga tashrifi O‘zbekiston xalqiga katta hurmat - Sherzod Asadov

00:03 / 04.06.2025