Bayden Putinga kiberhujum qilinishi mumkin bo‘lmagan sohalar ro‘yxatini berdi
Ikki davlat rahbarlarining Jyenevadagi uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Putin kiberxavfsizlik masalasida AQSh bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishini aytgandi.

Foto: Pool/EPA/EFE
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinga kiberhujum amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan sohalar ro‘yxatini berdi, deb xabar qildi Bloomberg agentligi.
Agentlik muxbiri Jyennifer Jyeykobs o‘zining Twitter sahifasida 16 banddan iborat ro‘yxatni e'lon qildi. Undan kimyo sanoati, savdo obektlari, kommunikatsiya tizimi, hayotiy muhim ishlab chiqarishlar, to‘g‘onlar, sog‘liqni saqlash va tez tibbiy yordam tizimi, qishloq xo‘jaligi/oziq-ovqat sohasi, axborot texnologiyalari, yadroviy obektlar, hukumat muassasalari, transport va suv ta'minoti obektlari o‘rin olgan.
Ikki davlat rahbarlarining Jyenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin kiberxavfsizlik masalasida AQSh bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishini aytgandi.
AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvi 16 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv tanaffuslar bilan birga 4,5 soatga yaqin davom etdi.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27