Oliy sudda ishi ijobiy hal bo‘lgan Panji Haydarov bojxona tizimiga ishga tiklandi
Ishga tiklanishi masalasi Oliy sudda kassatsiya tartibida takroran ko‘rib chiqilib, ijobiy hal bo‘lgan sobiq bojxonachi – Panji Haydarov 3 iyun kuni Bojxona tizimiga ishga tiklandi. Bu haqda uning o‘zi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Panji Haydarovning qo‘shimcha qilishicha, 3 iyun kuni uni Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasiga ishga tiklash bo‘yicha Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i chiqarilgan. Ushbu boshqarma P.Haydarovning so‘nggi ishlagan joyi hisoblanadi, ya'ni u Oliy sud ajrimiga asosan 2021 yil 13 mart kuni qaytadan ishdan bo‘shatib yuborilgunicha ham ushbu boshqarmada mehnat faoliyatini yuritgan.
Shuningdek, Oliy sudning 2021 yil 26 aprel kungi ajrimiga asosan P.Haydarovning qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangan vaqti, jazo o‘tagan vaqti va lavozimidan chetlashtirilgani tufayli ishlamay yurgan vaqti uning umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga qo‘shildi.
Bundan oldinroq Panji Haydarov bilan birga sudlarda ishtirok etgan bir necha sobiq bojxonachilarning ishga tiklanishi Oliy sud tomonidan muddat o‘tkazib yuborilgani vaji bilan rad etilgan, ammo ular yangi ochilgan holat bo‘yicha ishni qayta ko‘rish bo‘yicha ariza bergani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
-
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 15:43
-
Hayot Bank Toshkentda yangi bank xizmatlari markazini ochdi
O‘zbekiston | 14:59
Mavzuga oid

20:16 / 13.06.2025
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi

17:10 / 21.04.2025
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi

15:54 / 07.03.2025
Bojxona qo‘mitasi 9,3 mlrd so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlarini yo‘q qildi

15:55 / 27.01.2025