Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Everestda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan alpinistga faxriy unvon va Trailblazer berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenkoni «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan mukofotladi.
Everest cho‘qqisiga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik alpinist Sergey Denisenko 8 iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Prezident matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Sergey Denisenko «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Prezident matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan suratlarda, shuningdek, sportchiga Trailblazer avtomobili ham sovg‘a qilinganini ko‘rish mumkin.
Sergey Denisenko 1 iyun kuni dunyodagi eng baland cho‘qqi – 8848 metr balandlikdagi Everest (Jomolungma) cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi.
Himolay tog‘lariga ukrainalik jamoa bilan chiqqan Sergey Denisenko dunyodagi eng baland cho‘qqining zabt etilishini O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlagandi. U cho‘qqida O‘zbekiston bayrog‘i va prezident Shavkat Mirziyoyevning portreti bilan suratga tushgandi.
Denisenko tog‘ning Nepal davlati tomonidagi qismidan yo‘lga chiqib cho‘qqini zabt etgan ilk o‘zbekistonlik alpinist bo‘lgandi.
O‘zbekistonliklar Everestni ilk bor 1998 yilda zabt etishgan, 23 yil muqaddam Ilyas Tuxvatullin va Andrey Zaikin cho‘qqiga ko‘tarilgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat organlarida ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalar birinchi rahbar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:29
-
Yana 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
Mavzuga oid

18:08 / 03.07.2025
Dronlar Everest yonbag‘irlarini chiqindilardan tozalashni boshladi

23:43 / 21.05.2025
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi

20:05 / 19.05.2025
Britaniyalik alpinist Everestga chiqish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

18:29 / 29.04.2025