Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryodagi daladan butunlay yonib ketgan erkak jasadi topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida dala maydonidan 100 foiz kuyib ketgan jasad topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Foto: Shutterstock
Ma'lum qilinishicha, 28 may kuni soat 19:00larda M34 Toshkent–Dushanbe xalqaro avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Yangihayot» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan 136-kilometrdagi qismiga tutash bo‘lgan yer maydonidan 100 foiz kuyib ketgan inson jasadi topilgan.
Qayd etilishicha, mazkur jasad Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli bo‘lib, jasadda qotillik alomatlari bo‘lgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limi tanasining 100 foiz kuyishi oqibatida kelib chiqqani aniqlangan.
Mazkur qotillik ishi yuzasidan 28 may kuni Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Sirdaryo viloyati prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

11:55 / 27.08.2024
Mirzaobod tumaniga ham bank rahbari hokim bo‘ldi

16:39 / 31.10.2023
Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

16:19 / 09.12.2022
Mirzaobodda yo‘lni ta’mirlash uchun ajratilgan 450 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

22:12 / 26.10.2022