Bir kunda kamida 4,5 mln so‘mlik mahsulot sotamiz - Tomorqada qulupnay yetishtirayotgan oila
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida bog‘dorchilik va mirishkorlikda nom taratgan O‘qchi qishlog‘i bor. Bu hudud O‘zbekiston tumanining o‘ziga xos «tashrif qog‘ozi»ga aylangan.
Ayni kunlarda O‘qchida qulupnay sayli boshlangan. Kun.uz muxbiri tumanning mazkur mahallasida bo‘lib reportaj tayyorladi.

«O‘qchi» MFY raisi Martabaxon Jalilovaning so‘zlariga ko‘ra, qishloqdagi 955ta xonadonda jami 150 gektardan ortiq tomorqa mavjud. Yana 500 gektardan ortiq bog‘ maydonlarida sarxil mevalar yetishtiriladi. Qishloq aholisi asosan bog‘dorchilikda nom qozongan, aholining asosiy daromad manbayi ham shundan.

«Qishloqdoshlarimiz oilasi uchun qanday ehtiyoj bo‘lishidan qat'i nazar, shu bog‘dorchilik va dehqonchilik ortidan qondiriladi. Siz yozda bir keling, shaftolimi, gilosmi, o‘rikmi, qo‘yingki, barcha turdagi mevalarni topa olasiz», — deya mahalla raisi bizni qishloqdagi qulupnay paykallaridan biriga boshlab bordi.
Bog‘bon ayol Manzuraxon Meliyeva asli Andijondan. O‘qchiga kelin bo‘lib tushgan. U kelin bo‘lib tushgunicha ham, oila qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullangan. Bog‘bon ayol turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin ham ushbu an'anani saqlab qoldi. U ikki o‘g‘li, bir qizi va kelinlari bilan qulupnay yetishtirishni davom ettirib kelmoqda.
Qulupnay asosan avgust oylarida ekiladi. Hosil mo‘l bo‘lishi uchun u 5 marta chopiq qilinadi.
Bu yil dalalarga qulupnayning «Charli», «Kobra», «Malina» va «Toshkent» navlari ekilgan. Qulupnayni issiqxonaga ham ekish mumkin, biroq uning mazzasi yer qulupnaynikidan ancha farq qiladi. Yer qulupnayning mazasi ham, daromadi ham yaxshi bo‘ladi.
«Qulupnaylarimiz asosan may oyida pishib yetiladi. 1 maydan sotuvga chiqadi. Bu yil biroz kechikdi, sotuv 6 maydan boshlandi. Bunga havoning sovuq kelgani sabab bo‘ldi», — deydi bog‘bon ayol.

Manzura Meliyeva «Malina» navli qulupnaydan murabbo tayyorlash bo‘yicha maslahat berdi.
«O‘zim ham «Malina» navlisidan murabbo berkitaman. Yiliga 20–25ta banka yopaman. Bolalarim qishda mazza qilib yeyishadi. Mazasi ham boshqacha bo‘ladi. Shakar ham kam ketadi, chunki o‘zining shirasi o‘tkir bo‘ladi. Kelgusi qulupnay pishiqqacha yetib boradi», deydi u.
Manzura opa qulupnay ko‘chat yetishtirish bilan ham shug‘ullanadi. Qishloqdagi ko‘plab dehqonlar undan ko‘chat sotib oladi. Yerda yetishtirilgan bir qator ko‘chat bahosi — 200 ming so‘m.
Biz bog‘bondan bu yilgi mehnatlarining samarasini so‘radik.
«Bu yilgi hosil rosa ko‘nglimdagidek bo‘ldi. Qishdan o‘zi qiynalib chiqqan edik. Bir kunda yo‘q deganda 4,5 mln so‘mlik qulupnay sotamiz. Bu yilgi mavsumda yaxshi daromad qildik. Erta bahordanoq bitta mashinaning pulini qildik. Xudo xohlasa chorshanba kuni o‘g‘illarim chiqib bitta mashina olib kelishadi», — deydi yuzida samimiy tabassum bilan suhbatdoshimiz.
Manzura opa har kuni dala tomorqasida 7-8 nafar ishsiz ayollarni mavsumiy ish bilan ta'minlaydi. Ularga har kuni 90–100 ming so‘mdan ish haqi to‘laydi. O‘qchidagi qulupnay mavsumi may oyi oxiriga qadar davom etadi.
Fayzullo Sultonov, Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi
O‘zbekiston | 17:00
-
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi
Jahon | 16:57
-
Rossiyada o‘yinchoq qurol bilan raqsga tushgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
Jahon | 16:34
-
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Haydar Aliyev va Ozarboyjon qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
O‘zbekiston | 16:09
Mavzuga oid

14:39 / 26.06.2025
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

16:36 / 17.06.2025
Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tmoqda

08:40 / 07.06.2025
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

11:02 / 23.05.2025