Pashinyan Ozarboyjon bilan chegaradagi vaziyatni inqirozli deb atadi
Pashinyanning ta'kidlashicha, agarda vujudga kelgan vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni bo‘lmasa, "u holda harbiy-siyosiy mexanizmlar qo‘llanilishi lozim".

Foto: TASS
Armaniston hududiga Ozarboyjon harbiylari kiritilganidan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar 19 maydan davom etadi, dedi Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan.
"Kecha tungacha muzokaralar o‘tkazildi, chorshanba kuni muzokaralar davom etadi. Muzokaralarda bitta mavzu ko‘riladi – Armaniston hududidan Ozarboyjon harbiylarini olib chiqib ketish. Hozirda vaziyatni inqirozli deb baholaymiz, chunki bu Armaniston suvereniteti, barqarorligi, hududiy yaxlitligiga xavf soladi", – dedi Pashinyan.
Uning ta'kidlashicha, agarda vujudga kelgan vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni bo‘lmasa, "u holda harbiy-siyosiy mexanizmlar qo‘llanilishi lozim".
12 may kuni Armanistonning Syunik oblasti Goris shahri hokimiyati Ozarboyjon harbiylari davlat chegarasini buzgani haqida xabar qilgandi.
O‘z navbatida Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligi Armaniston hukumatini vaziyatdan saylovoldi maqsadlarida foydalanmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid

18:58 / 13.06.2025
Armanistonda sobiq bosh vazir Ovik Abramyan qo‘lga olindi

12:10 / 03.06.2025
Aliyev: «Asr shartnomasi» mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni o‘zgartirdi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

16:28 / 23.05.2025