Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ishlamayotgan bodikamera bilan haydovchining hujjatlarini tekshirgan YPX xodimiga chora ko‘rilgani ma'lum qilindi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkentda ishlamayotgan bodikamera bilan haydovchining hujjatlarini tekshirgan YPX xodimi va uning rahbarlariga nisbatan intizomiy ta'sir choralari qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqda «Bodikamerasi ishlamayotgan YPX xodimi» sarlavhasi ostida videolavha tarqalgan. Unda 25 aprel kuni Sergeli tumani hududida joylashgan «Turbanov» blokpostida hujjatlarini tekshirish uchun «Malibu» haydovchisini to‘xtatgan YPX xodimining bodikamerasi ishlamayotgani aks etgan.
Videolavhada YPX xodimi haydovchiga bodikamera moslamasining quvvati tugaganini aytgani, o‘z navbatida haydovchi bu holatga nisbatan e'tiroz bildirgani ko‘rinadi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda ichki ishlar vazirining ayrim me'yoriy buyruqlari talablarini buzgani uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Akbarovga va uning bevosita rahbarlariga nisbatan intizomiy ta'sir choralari qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 18-bandiga asosan haydovchilar bodikamerasiz YPX xodimiga hujjat ko‘rsatmaslik huquqiga ega bo‘lishgan. O‘z navbatida, YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma'lum qilishga va noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun videoyozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirishga majbur.
IIV qurilma bir marta quvvat olganda uzluksiz 8 soat ishlashini, bodikamera quvvati tugaganda YPX xodimi uni avtomatik quvvatlagichga ulagan holda faoliyatini davom ettirishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Avvalroq Andijon, Qashqadaryo va Navoiyda bodikamerasiz faoliyat yuritayotgan YPX xodimlari aniqlangan edi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

19:07 / 01.07.2025
YHXX: Haydovchi YPX xodimiga hujjatlarining aslini taqdim etishi shart

14:16 / 25.06.2025
Haydovchi mashinani qulflaganidan keyin oynaning ko‘tarilishi bolaning bo‘ynidan qisib qoldi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

21:28 / 22.05.2025