Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchi mashinani qulflaganidan keyin oynaning ko‘tarilishi bolaning bo‘ynidan qisib qoldi
Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, holat Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida ro‘y bergan. Yo‘l chetiga to‘xtagan Nexia haydovchisi do‘konga kirib-chiqishda mashinani qulflagan. Natijada mashina oynalari ko‘tarila boshlagan, bu vaqtda esa ichkaridagi yosh bola boshini oynadan chiqarib, qisilib qolgan. Shu vaqtda kelib qolgan YPX inspektori safdor Azim Xalifayev oynani sindirib, bolaning hayotini saqlab qoldi.

Foto: Videodan kadr
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil oynasiga bosh qismi qisilib qolgan bolani YPX xodimi qutqarib qolgani videosi tarqaldi.
Unda yo‘l chetiga to‘xtagan Nexia 1 haydovchisi mashinadan tushib do‘konga kirib ketgani va avtomobilni pult yordamida qulflagani ko‘rinadi. Old yon oynalar ko‘tarilayotgan vaqtda esa mashinada qolgan, voyaga yotmagan bola bosh qismini oynadan chiqarib olgan. Natijada bolaning bo‘yni oyna bilan qisilib qolgan, haydovchi esa bu vaqtda do‘konga kirib ketib bo‘lgan.
Shu vaqtda kelib qolgan YPX xodimi oynani sindirib, bolaning hayotini saqlab qoldi.
Kun.uz YHXX axborot xizmati bilan bog‘lanib, holatga oydinlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea kecha, 24 iyun kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidan o‘tuvchi Toshkent-Andijon yo‘lida sodir bo‘lgan.
Bolaning hayotini saqlab qolgan xodim YPX inspektori safdor Azim Xalifayev bo‘lib, u Buvayda tumanida faoliyat olib boradi.
«O‘sha paytda suv olish uchun do‘kon oldida to‘xtadim. Oldimdagi mashina oynasidan bola boshi chiqib turgandi. U nafas olishda qiynalib, rangi oqarib ketgandi. Men darhol eshikni ochishga harakat qildim, lekin eshik ochilmadi. Keyin oynani sindirib, bolani chiqarib oldim», deya xodimning taassurotlarini aytib berdi YHXX axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi yosh bolaning tog‘asi bo‘lgan va do‘kon oldida to‘xtab, e’tiborsizlik bilan eshikni yopib ketgan. Haydovchiga chora ko‘rilmagan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
5 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:32
-
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor
Jamiyat | 13:31
-
Fransiya: YeI Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni tayyorlamoqda
Jahon | 13:26
-
Xarkivda bir sutka ichida dronlar hujumidan 82 kishi jabrlandi
Jahon | 13:19
Mavzuga oid

19:07 / 01.07.2025
YHXX: Haydovchi YPX xodimiga hujjatlarining aslini taqdim etishi shart

15:35 / 26.06.2025
“O‘rnimda boshqa odam bo‘lganda ham shu ishni qilardi” - bolakayni qutqargan YPX inspektori haqida

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

19:03 / 28.05.2025