Koronavirus: Kunlik o‘lim holatlari oshdi, shifoxonaga yotqizilganlar soni 3,6 mingga yaqin
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushgani, so‘nggi bir kunda yana 400dan ortiq yangi holat qayd etilib, bir kunda 3 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 6 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93597 (+421) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 54 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 3 nafari Xorazm viloyatida,
- 77 nafari Toshkent viloyatida,
- 239 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
- Andijon viloyatida 28 nafar,
- Jizzax viloyatida 10 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
- Navoiy viloyatida 5 nafar,
- Namangan viloyatida 9 nafar,
- Samarqand viloyatida 44 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 10 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 10 nafar,
- Xorazm viloyatida 18 nafar,
- Toshkent viloyatida 59 nafar,
- Toshkent shahrida 162 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 89338 (+363) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 660 nafarni tashkil qildi.
Qayd etish kerakki, SSV joriy yil boshidan buyon ilk marta bir kunda 3ta o‘lim holati haqida xabar bermoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3599 nafar bemor davolanmoqda.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqchi
Jahon | 08:30
-
IPI "Ozodlik radiosi" va AQShning boshqa ommaviy axborot vositalarini himoya qilib chiqdi
Jahon | 08:21
-
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi
Jamiyat | 08:10
-
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 07:31
Mavzuga oid

11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi

10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi

11:15 / 02.12.2022