Farg‘onada ikkinchi jahon urushi faxriylariga prezident sovg‘alari topshirildi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati
Farg‘ona viloyatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlari, bayram sovg‘alari topshirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, viloyat Mudofaa va Xavfsizlik tizimlari rahbarlari, senatorlar, viloyat sektorlari rahbarlari va jamoatchilik vakillari viloyatning qator shahar va tumanlarida bo‘lib, urush faxriylari yo‘qlangan.
Qayd qilinishicha, Quva tumanidagi Qayirma qishlog‘ida yashovchi, 1942 yil may oyida urushga ketgan va Polsha, Ukraina va Belorussiyada jang qilgan Ergash ota Toshboyev hamda shu tumanlik Mo‘min ota Toshmatov xonadoni yo‘qlangan.
Shuningdek, Toshloq tumanidagi “Qumqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Rustam ota Akbarov, marg‘ilonlik Akramjon ota Hakimov, Oltiariq tumani Oqbo‘yra qishlog‘ida yashovchi 96 yoshli To‘lanboy ota Shokirov, Farg‘ona shahrida yashovchi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari Tatyana Usmonova, Qurbon Sattorovlar hamda Farg‘ona tumanida yashovchi Orif ota Mo‘minov holidan ham xabar olinib, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi bilan muborakbod etilgan.
Faxriylarga esdalik sovg‘alari va 12 million so‘m pul mukofoti topshirilgan.
Mavzuga oid

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

22:49 / 12.03.2025
Farg‘ona aeroportida Rossiya samolyotining g‘ildiragi chiqib ketdi

15:33 / 12.03.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi

11:14 / 25.02.2025