Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘ng‘irot sahrociga yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 2 ming bosh qush qo‘yib yuborildi

Qo‘ng‘irot tumanida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – 2000 bosh yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining matbuot xizmati ma'lum qildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Tuvaloq O‘zbekiston Qizil kitobi va Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan. Qushlar Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan «International fund for houbara conservation» markazida ko‘paytirilgan.
Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, soni va yashash maydoni 1960 yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

11:37 / 14.01.2025
Sahroda sabzavot yetishtirish uchun dunyodagi birinchi shishiriladigan ferma taqdim etildi

19:25 / 28.10.2024
Foto: Dubay shahzodasi Navoiyda lochin bilan tuvaloq ovladi

20:03 / 11.09.2023
Qoraqalpog‘istonda mingdan ortiq tuvaloq qushi tabiatga qo‘yib yuborildi

14:40 / 19.08.2022