Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diniy-ma'rifiy soha xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi

Foto: KUN.UZ
Prezident va hukumatning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Quyidagi hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- Prezidentning 16.04.2018 yildagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni;
- Prezidentning 23.05.2017 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori;
- Prezidentning 16.04.2018 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori;
- Prezidentning 4.09.2019 yildagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori;
- Prezidentning 11.08.2020 yildagi «Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori;
- Vazirlar Mahkamasining 6.11.2020 yildagi «O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq belgilanishicha, Xalqaro islom akademiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi muassisligidagi davlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Belgilanishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining rahbariyati, o‘qituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislariga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlariga ko‘ra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga, Markaz rahbariyati va xodimlariga – 4 baravar) miqdorda qo‘llaniladi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi boshqaruv xodimlariga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlariga ko‘ra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 2 baravar miqdorda qo‘llanilishi belgilangan.
Bundan tashqari, qo‘mita boshqaruv xodimlari lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega shaxslar uchun – lavozim maoshi 30 foizigacha;
- fan doktori (Doctor of Science) yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega shaxslar uchun – lavozim maoshi 60 foizigacha miqdorda.
Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
-
Rossiya fuqarolari zaharlanib vafot etgan Toshkentdagi mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 16:15
-
Misr O‘zbekistonga oliy navli urug‘lik kartoshkani bepul yetkazib beradi
O‘zbekiston | 15:56
-
Rossiyada sudlangan general Ivan Popov orden bilan taqdirlandi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

13:07 / 23.07.2025
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlariga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi

08:10 / 09.07.2025
Badiiy akademiya xodimlari uchun oylik rag‘batlantirish ustamasi belgilandi

10:05 / 16.06.2025
Chet tilida ayrim maxsus fanlarni o‘qitgan o‘qituvchilar 100 foizgacha ustama olishi mumkin

09:49 / 23.05.2025