Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘raqo‘rg‘ondagi sport maktabining chala qolgan ishlari qachon bitadi?
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Yoshlik» o‘yingohi 1979 yilda qurilgan. Uning hozirgi ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi.

Bir paytlar ushbu stadionda To‘raqo‘rg‘onning «Baxt» futbol jamoasi o‘ynagan. Klub O‘zbekiston chempionati birinchi ligasida o‘ynab, 3-o‘rinni egallagan. Lekin mablag‘ yetishmovchiligi sababli bu jamoa tarqalib ketgan.
Shundan so‘ng bu yerda bolalar va o‘smirlar futbol maktabi tashkil qilingan va 4ta maxsus futbol sinfi ochilgan. Bu maktab o‘zbek futboli uchun yetuk o‘yinchilarni tarbiyalab bergan. Qisqa qilib aytganda, To‘raqo‘rg‘on tumani o‘z vaqtida O‘zbekistonning «Kichik Braziliyasi» deya e'tirof etilgan.
To‘raqo‘rg‘on bolalar va o‘smirlar sport maktabi rahbari Xolmatjon Karimovning aytishicha, Namanganning «Navbahor» futbol klubi shu o‘yingohda mashg‘ulotlar o‘tkazib turgan. Mazkur dargoh «Navbahor» jamoasi o‘yinchilari uchun ikkinchi baza sifatida faoliyatini davom ettirishi rejalangan edi va 2018 yilda esa «navbahorchilar» uchun mashg‘ulot o‘tkazishga moslash maqsadida binodagi faoliyat yuritib turgan va yaroqli holatda bo‘lgan kiyim almashtirish xonasi, oshxona, dush va saunalar buzib yuborilgan. Lekin uch yil o‘tsa hamki, qayta ta'mirlash ishlari boshlanmayapti.
«Bolalar 2–3 yildan buyon tashqarida kiyim almashtirishga majbur bo‘lyapti. Qish kunlarida esa ilojsiz xonalarda kiyinishadi. Lekin qishda xonalar ham sovuq, chunki buzilish jarayonida gaz ham uzib ketilgan. Bino zamonaviy ko‘rinishga keltirilishi va bu yerda qaytadan yana yoshlar maxsus sinflari tashkil etilishini istardik», — deydi murabbiy Odiljon Sotiboldiyev.
Ushbu masala bo‘yicha maktab ma'muriyati tegishli joylarga bir necha bor murojaat qilgan, lekin natijasidan darak yo‘q.
Biz ham daxldor tashkilotlardan izoh olishga urindik, lekin murojaat bo‘yicha aniq munosabat bildiradigan mas'ullar topilmadi.
O‘ylaymizki, yurtimizda sportni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga katta e'tibor qaratilayotgan bir paytda ushbu masala namanganlik mutasaddilarni befarq qoldirmaydi.
Yulduz Yuldasheva, Kun.uz muxbiri,
Montaj ustasi: Boymirza Xalilov.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

09:39 / 01.07.2025
Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi

09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

14:18 / 15.05.2025