Bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘tkir Qodirov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘tkir Qodirov 1984 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
U Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yig‘ma-tahlil bo‘limi boshlig‘i, Tashqi savdo vazirligi import tahlili va ishlab chiqarishda mahalliylashtirishni chuqurlashtirish takliflarini shakllantirish boshqarmasi boshlig‘i, Tashqi ishlar vazirligida shartnoma-huquq boshqarmasi mas'ul xodimi, prezident administratsiyasida mas'ul xodim lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Anvar Asamov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi. A.Asamov 2020 yildan buyon investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi
Jahon | 21:57
-
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi
Jahon | 21:52
-
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
Jahon | 20:44
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
Mavzuga oid

23:33 / 23.06.2025
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi

20:16 / 13.06.2025
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi

17:10 / 21.04.2025
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi

15:54 / 07.03.2025