Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonga 10ta metro poyezdi yetkazib beradi
Rossiyaning «Metrovagonmash» korxonasi umumiy qiymati 30,4 million yevrolik 10ta metro poyezdini O‘zbekistonga yetkazib beradi.

«Innoprom» sanoat ko‘rgazmasi doirasida VEB.RF davlat korporatsiyasi va Toshkent metropoliteni o‘rtasida Rossiyaning «Transmashxolding» birlashmasi tarkibiga kiruvchi «Metrovagonmash» tomonidan ishlab chiqarilgan 10ta zamonaviy metro poyezdini yetkazib berish bo‘yicha kredit shartnomasi imzolandi.
Kredit liniyasi 12 yil muddatga olingan bo‘lib, 30,4 million yevroni tashkil etadi.
Shartnoma «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi rahbari Oybek Xudoyqulov va VEB.RF raisining o‘rinbosari Daniil Algulyan o‘rtasida imzolangan.
«Ayni paytda O‘zbekistonda jamoat transporti tizimini rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirilmoqda. Rossiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy poyezdlar allaqachon Toshkent metropolitenida harakatlanmoqda. Xususan, 2019 yilning kuzida VEB.RF ko‘magi bilan Toshkentga dastlabki beshta poyezd yetkazib berilgan. Ayni paytda VEB.RF Toshkent shahar hokimligi bilan infratuzilmani yaratish va rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalarni muhokama qilmoqda», — dedi Daniil Algulyan.
Avvalroq Rossiyaning «Transmashxolding» kompaniyasi Toshkent metrosi uchun 81-765.5/766.5/767.5 modelidagi 5ta poyezdni jo‘natgani xabar qilingandi.
Toshkent metrosi va «Metrovagonmash»ni uzoq yillik o‘zaro manfaatli hamkorlik birlashtiradi. Korxona tomonidan Toshkent metrosi uchun 1977 yilda 20dan ko‘proq poyezd yetkazilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chirchiq daryosida qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Jamiyat | 12:28
-
NYT: Trampning boingini ta’mirlashga yadroviy kuchlar dasturidan to‘langan
Jahon | 12:13
-
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi
Jahon | 12:03
-
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi
O‘zbekiston | 12:02
Mavzuga oid

16:15 / 29.04.2025
Rossiya O‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

17:34 / 28.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda «INNOPROM» xalqaro ko‘rgazmasini borib ko‘rdi

10:53 / 16.11.2021
Rossiya kompaniyasi Toshkent metrosini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi

18:10 / 07.04.2021