O‘zbekiston | 16:10 / 02.04.2021
3151
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz'da yoritilgan Izboskandagi "Muruvvat" uyiga 6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Kun.uz muxbirlari 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi Chuama ayollar muruvvat uyiga borib, u yerdagi iste'dodli xotin-qizlar bilan suhbat uyushtirgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 martdagi "Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, "Saxovat" va "Muruvvat" internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida"gi PF-6195-son farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga asosan, Izboskan tumanidagi Chuama nogironligi bo‘lgan ayollar uchun "Muruvvat" uyi 2021 yilda mukammal ta'mirlanadi.

Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun Respublika budjetidan 6 mlrd. 403 mln. so‘m pul ajratiladi.

Muruvvat uyi direktori Matlubaxon Toshtemirova o‘tgan gal biz bilan suhbatda shu joy haqida lavha tayyorlangandan so‘ng tarbiyalanuvchilarning ko‘pchiligining oila a'zolari xabar olgani kelganini ta'kidlagan edi.

Mavzuga oid