Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an ramazondan keyin Shushaga borishini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an ramazon oyidan keyin Shushaga borishini aytdi. Bu haqda Erdo‘g‘an videonkonferensiya tarzida o‘tgan turkiy mamlakatlar hamkorligi norasmiy sammitida gapirgan.

«Birodarim Ilhom Aliyevni yana bir bor Qorabog‘ uchun janglardagi g‘alaba bilan tabriklayman. Nasib bo‘lsa, ramazondan keyin Shushaga boramiz va bu yana bir bayram bo‘ladi. Turkiy mamlakatlar bu borada Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerak», degan Erdo‘g‘an.
2020 yil 27 sentyabr kuni boshlanib, 9 noyabrgacha davom etgan Ozarboyjon hamda Armaniston o‘rtasidagi Qorabog‘ uchun urushda aynan Shushaning zabt etilishi hal qiluvchi qadam bo‘lgan. O‘zining tarixiy yerlarini qaytarib olish yo‘lida kurashgan Ozarboyjon Shushani qaytib olgach, Armaniston tomoni taslim bo‘lgan va Rossiya vositachiligida uch tomonlama tinchlik shartnomasi tuzilgandi.
Kelishuvga ko‘ra, Ozarboyjon bir qator tumanlarni rasman qaytib oldi va urush to‘xtatildi. Hududdagi tinchlikni rossiyalik «tinchlikparvar kuchlar» ta'minlashi va ularga o‘nlab turk askarlari hamrohlik qilishi aytilgandi. O‘tgan asrning 90-yillaridagi Qorabog‘ uchun janglarda turkiy xalqlar uchun muhim madaniy shahar bo‘lgan Shusha jiddiy zarar ko‘rgan. Ayni damda shaharda 4 ming atrofida odam yashaydi.
Ma'lumot uchun, Erdo‘g‘an o‘tgan yil 10 dekabrda ham Ozarboyjonda bo‘lgan va mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga Qorabog‘ uchun urashdagi g‘alaba sharafiga o‘tkazilgan harbiy paradda ishtirok etgandi. Turkiya yetakchisi Qorabog‘dagi urush boshlanishi bilan Turkiya Ozarboyjonga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma'lum qilgan. Taxminlarga ko‘ra, Ozarboyjon tomoni jangda zafar quchishida aynan Turkiya tomoni taqdim etgan uchuvchisiz dronlar hal qiluvchi rolni o‘ynagan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Paynet: O‘zbekistonda fintex sohasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan 5 yangi xizmat
O‘zbekiston | 17:00
-
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Jahon | 16:57
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
-
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:15
Mavzuga oid

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

17:49 / 06.07.2024
Shushada Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining noformal sammiti bo‘lib o‘tmoqda

09:12 / 26.09.2023
Ozarboyjonning Shusha shahri Islom olami madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

21:12 / 23.08.2023