Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zstandart» texnik reglament talablariga javob bermagan kolbasa va sosiska mahsulotlari haqida ma'lumot berdi
«MOS PROD TORG» MChJ tomonidan import qilingan va «Ostankinskiy myasopererabatyvayushchiy kombinat» tomonidan ishlab chiqarilgan ayrim turdagi kolbasa va sosiska mahsulotlari oziqlik qimmati (uglevodlar miqdori) to‘liq yoritilmagani, yorlig‘idagi ma'lumotni o‘qish imkoniyati mavjud emasligi va markirovkasi davlat tilida bo‘lmagani sababli texnik reglament talablariga javob bermaydi deb topildi.

«O‘zstandart» agentligi huzuridagi Departament tomonidan «Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament talablarining bajarilishi yuzasidan tekshiruv ishlari olib borildi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.
Poytaxt savdo rastasida sotilayotgan Rossiyada ishlab chiqarilgan, «MOS PROD TORG» MChJ tomonidan respublikaga import qilingan «Ostankino-novyy standart» MChJ, «Starodvorskiye kolbasy», shuningdek, «Ostankinskiy myasopererabatyvayushchiy kombinat» tomonidan ishlab chiqarilgan kolbasa va sosiska mahsulotlari oziqlik qimmati (uglevodlar miqdori) to‘liq yoritilmagani, yorlig‘idagi ma'lumotni o‘qish imkoniyati mavjud emasligi va markirovkasi davlat tilida bo‘lmagani aniqlandi.
«MOS PROD TORG» MChJ nomiga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib bergan sertifikatlashtirish idorasi mas'ul xodimlariga nisbatan ma'muriy choralar ko‘rilgan.
Avvalroq agentlik O‘zbekistonga kirib kelgani taxmin qilinayotgan ba'zi mahsulotlar haqida ma'lumot berib, ulardan foydalanmaslikka chaqirgan edi. Shuningdek, yosh onalarga «qurolli o‘yinchoqlar to‘plami» bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chirchiq daryosida qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Jamiyat | 12:28
-
NYT: Trampning boingini ta’mirlashga yadroviy kuchlar dasturidan to‘langan
Jahon | 12:13
-
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi
Jahon | 12:03
-
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi
O‘zbekiston | 12:02
Mavzuga oid

15:23 / 04.04.2024
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

19:45 / 15.04.2021
Inson salomatligi uchun xavfli deb topilgan sariyog‘ importiga taqiq qo‘yildi

23:00 / 31.03.2021
O‘zbekistondagi ko‘p qurilish obektlarida sifatsiz mahsulotlar ishlatilayotgani aytildi

11:34 / 16.03.2021