«Geoinnovatsiya markazi» «O‘zbekkosmos» agentligi tarkibiga o‘tkaziladi

Foto: Stas Etvesh
Prezidentning “Iqtisodiyot tarmoqlarida kosmik texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Masofaviy zondlash ma'lumotlarini iqtisodiyot tarmoqlariga faol joriy etish, davlat organlari faoliyatini optimallashtirish, aerokosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun shart–sharoitlar yaratish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi («O‘zbekkosmos»), Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagilarni beg‘araz topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi:
Kadastr agentligi tasarrufidagi «Geoinnovatsiya markazi» davlat unitar korxonasi, shu jumladan, moddiy-texnika bazasi, uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, uning balansidagi bino va inshootlarni «O‘zbekkosmos» agentligi tarkibiga;
«O‘zbekkosmos» agentligi tasarrufiga 50 dona miqdoridagi GNSS global sun'iy yo‘ldosh joylashishini aniqlaydigan doimiy ishlaydigan stansiya tarmoqlari, shu jumladan, ularni boshqarish uchun o‘rnatilgan dasturiy ta'minotni.
«O‘zbekkosmos» agentligi huzuridagi «Geoinnovatsiya markazi» DUK faoliyati asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
- iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun yerni masofadan turib zondlash;
- sun'iy yo‘ldosh orqali olingan ma'lumotlar asosida geografik axborot tizimlari, geoservislar ishlab chiqish va joriy etish;
- davlat kadastr ma'lumotlarini shakllantirishda yordam berish;
- geodezik, topografik va kartografik ishlar olib borish;
- uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlash;
- yuridik va jismoniy shaxslarga uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish;
- uchuvchisiz uchish apparatlarini ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra «Geoinnovatsiya markazi» DUKning uchuvchisiz uchish apparatlari va yerni masofadan turib zondlash ma'lumotlari yordamida aniqlangan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks VIII bobi moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy qonunchilik buzilishlari, ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va huquqbuzarlarga ma'muriy jazo qo‘llash bo‘yicha vakolati tegishli organlarga beriladi, bunda undirilgan jarimalar summasi 50 foizi miqdorida «Geoinnovatsiya markazi» DUK hisobraqamiga o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
-
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 20:36
-
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi
O‘zbekiston | 20:13
-
Zelenskiy va Tramp telefon orqali muloqot qildi
Jahon | 20:06
Mavzuga oid

18:34 / 03.07.2025
O‘zbekiston osmonida qatorlashib uchayotgan jismlar ko‘rindi. «O‘zbekkosmos» holatni tushuntirib berdi

11:33 / 09.06.2025
O‘zbekistonda dalalarda somon yonishi sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatilmoqda

12:55 / 24.05.2025
Bosh prokuratura va «O‘zbekkosmos» ekologik huquqbuzarliklarga qarshi birga kurashadi

12:21 / 07.05.2025