Qora dengizga bir sutka ichida AQShning ikkinchi harbiy kemasi kirib keldi
Juma kuni kamida 26ta Tomahawk qanotli raketalari bilan jihozlangan Monterey kreyseri Qora dengizga kirib kelgandi.

Foto: Twitter / @Yoruklsik
Amerikaning Thomas Hudner esminetsi Qora dengiz akvatoriyasiga kirib keldi.
U uchish masofasi 1,6 ming kilometrgacha bo‘lgan 56tagacha Tomahawk raketalarini tashishga qodir.
Avvalroq 6-operativ flot kema "dengizda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazish uchun" Qora dengizga yo‘l olganini xabar qilgandi.
Bu AQShning oxirgi 24 soat ichida Qora dengizga kirib kelgan ikkinchi jangovar kemasidir. Juma kuni kamida 26ta Tomahawk qanotli raketalari bilan jihozlangan Monterey kreyseri Qora dengizga kirib kelgandi.
Monterey kreyseri va Thomas Hudner esminetsi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Dwight Eisenhower atom tashuvchisi boshchilik qiladigan zarba beruvchi guruhi tarkibiga kiradi.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 12.03.2025