Xorazm viloyati avtomobillar o‘rtacha soni bo‘yicha respublikada ikkinchi o‘ringa chiqdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 2 767 126tani tashkil etmoqda.
Bu esa har 100 kishiga o‘rtacha 8ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent shahri boshqa hududlardan ancha oldinga o‘tib ketgan. Poytaxtda har 100 kishiga 17ta avtomobil to‘g‘ri kelyapti.
Xorazm viloyati avtomobillar o‘rtacha soni bo‘yicha respublikada ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi – har 100 kishiga deyarli 10ta avtomobil. Buxoro viloyati bu ko‘rsatkichdan ozgina ortda bormoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Jizzax viloyatida har 100 kishiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni 5-6tani tashkil etadi. Bu respublika bo‘yicha eng past ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid

18:02 / 05.04.2025
“Shu ketish bo‘lsa, soha o‘ladi” - avtomobil importchisi va avtodeklarant bilan suhbat

08:43 / 03.04.2025
2 oyda xorijdan qancha yengil avtomobil import qilingani aytildi

20:13 / 02.04.2025
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?

13:49 / 02.04.2025