Fan-texnika | 16:05 / 17.03.2021
7321
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota va Honda Shimoliy Amerikadagi zavodlari faoliyati to‘xtatilganini ma'lum qildi

Honda yuklarning yetib kelishi kechikishi, chiplar yetishmasligi, pandemiya va AQSh markaziy qismidagi sovuq ob-havoni bunga sabab qilib ko‘rsatgan.

Foto: Bloomberg

Toyota Motor Corp kompaniyasi neft mahsulotlari yetishmovchiligi sababli Shimoliy Amerikadagi korxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini ma'lum qildi.

Bu Kentukki shtati va Meksikadagi avtomobil zavodlari hamda Alabamadagi dvigatel zavodi faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi.

Avvalroq Honda Motor kompaniyasi AQSh va Kanadadagi zavodlari ishi bir haftaga to‘xtatilishini ma'lum qilgandi. Kompaniya yuklarning yetib kelishi kechikishi, chiplar yetishmasligi, pandemiya va AQSh markaziy qismidagi sovuq ob-havoni bunga sabab qilib ko‘rsatgan.  

Ushbu xabardan so‘ng Honda aksiyalari narxi 1,4 foizga tushgan.

Mavzuga oid