Toshkentda bir sutkada 70 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80481 nafarni tashkil etmoqda.

12 mart kuni O‘zbekistonda 89 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 4tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 3tasi Andijon, 1tasi Samarqand, 2tasi Xorazm, 9tasi Toshkent viloyatlarida va 70tasi Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
“Kecha kun davomida Andijon viloyatida 7 nafar, Toshkent viloyatida 12 nafar, Toshkent shahrida 49 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 79145 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma'lumot berilishicha, respublikada koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80481 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 714 nafar bemordan 148 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvoldaligi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023