Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Qrimni deokkupatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha strategiya qabul qilindi
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashi Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolini deokkupatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha strategiyani tasdiqladi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba 11 mart kuni Tvitterda xabar berdi.

«Biz 2014 yildayoq Qrimni deokkupatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha imzolanishi kerak bo‘lgan tarixiy hujjatni qabul qildik. Signal billurdek aniq: biz nafaqat Qrimni qaytarib olishga yordam berishga chaqiramiz, Ukrainaning o‘zi prezident Zelenskiy boshchiligida jiddiy va tizimli tarzda shug‘ullanadi», deydi u.
We’ve approved the Strategy for Deoccupation & Reintegration of Crimea, a historic document needed since 2014. The signal is crystal clear: we don’t just call on the world to help us return Crimea, Ukraine makes own dedicated & systemic effors under @ZelenskyyUa’s leadership 1/2
— Dmytro Kuleba (@DmytroKuleba) March 11, 2021
Qrimni qaytarib olish uch ustunga tayanadi: bugun qabul qilingan strategiya. Konsolidatsiya – biz Qrim platformasi bo‘yicha hamkorlar kuchini birlashtirish ustida ishlaymiz. Sinergiya – xalqaro huquqlarni tiklash va pirovardida Qrim va Sevastopol shahri ustidan Ukraina suverenitetini to‘liq tiklash», deya fikrini davom ettirgan vazir.
Ukraina xavfsizlik kengashiga «Xarkov kelishuvi»ga ovoz berish yuklatildi
«Shu majlisda Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashi Ukraina xavfsizlik kengashiga (UXK) Oliy radaning «Xarkov kelishuvi»ga berilgan ovozlarni tekshirish topshirildi. Agar UXK lozim topsa, ayrim shaxslarga Jinoyat kodeksining 111-moddasiga binoan davlatga xiyonat aybi qo‘yilib, jinoiy ish qo‘zg‘atilishi kerak», deydi kengash kotibi Aleksey Danilov.
Avvalroq, 28 yanvarda Davlat tergov byurosi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich «Xarkov kelishuvi»ni imzolagani uchun davlatga xiyonat qilishda gumonlanayotganini aytib ogohlantirgan edi.
2010 yilda Viktor Yanukovich va Dmitriy Medvedev Xarkovda kelishuv imzolashgan, unga ko‘ra Rossiya Chernomorets flotining Qrimda faoliyat yuritishi muddati 25 yilga uzaytirilgan, Ukraina esa Rossiya gaziga chegirma olgan edi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:53
-
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi
Jahon | 08:53
-
Xorazmda mehnat staji «yasab beruvchi» mutaxassis ushlandi
Jamiyat | 08:02
-
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi
Iqtisodiyot | 07:50
Mavzuga oid

11:22 / 17.06.2025
Yevroittifoq Qrim va Sevastopol uchun sanksiyalarni uzaytirdi

16:21 / 28.04.2025
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar

19:46 / 25.04.2025
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi

22:32 / 23.04.2025