Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi
AQSh prezidenti Qrim ancha oldin rossiyaliklarga o‘tib bo‘lgani va bunda Barak Obamaning aybi borligini ta’kidladi. «Yana aytaman, bu Obamaning urushi. Bu urush hech qachon boshlanmasligi kerak edi», deydi Tramp.

Foto: Reuters
Qrim Rossiya bilan qoladi va Volodimir Zelenskiy buni biladi, ammo yarimorol unga o‘tib ketishiga Barak Obama aybdor. U Qrimni Rossiyaga berib yubordi, deydi AQSh prezidenti Donald Tramp Time jurnaliga bergan intervyusida. Urushni 24 soat ichida to‘xtatish haqidagi va’dasini esa u «hazil» va «mubolag‘a» deb atadi.
«AQSh de-yure RFning Qrim ustidan nazoratini tan oladi», — deyiladi AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Parijdagi muzokaralarda taqdim etgan Ukrainada urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi takliflar ro‘yxatida. Tramp prezidentligining 100 kuniga bag‘ishlangan intervyuda Time bosh muharriri Sem Jyeykobs va katta siyosiy muxbir Erik Kortellessa unga Qrim hamda bosib olingan to‘rtta oblast rossiyaliklarga o‘tib ketishi kerakmi, degan savolni berdi.
«Qrim [allaqachon] rossiyaliklarga o‘tib bo‘lgan. Uni men emas, Barak Hussayn Obama bergan. Agar Qrim Rossiya bilan qolsa, biz faqat Qrim haqida gapirishimiz kerak, chunki uni doim eslab o‘tishadi. Qrim Rossiya bilan qoladi. Zelenskiy va barcha buni tushunadi… U [Qrim] Tramp paydo bo‘lishidan ancha oldin Rossiya bilan edi. Yana aytaman, bu Obamaning urushi. Bu urush hech qachon boshlanmasligi kerak edi», — deydi Tramp.
Boshqa bir javobida Tramp oldin ham bir necha bor takrorlaganidek, Rossiyaning Ukraina bilan urushini «Baydenning urushi» deb atagan. Shuningdek, Tramp Vladimir Putin hech qachon uning davrida «qo‘shni davlatga hujum qilmagan bo‘lardi», dedi.
Uitkoff tomonidan yetkazilgan takliflarda AQSh de-fakto Rossiyaning Luhansk oblasti va Zaprojjya, Donetsk va Xerson oblastlari ustidan qisman nazoratini tan olishga tayyor. Ukraina hududiy masalada faqat «Xarkiv oblasti ustidan nazoratini qayta tiklaydi» — Rossiya qo‘shinlari uning kichik qismini egallagan xolos.
Avvalroq Tramp Volodimir Zelenskiyning Ukraina huquqiy jihatdan hech qachon Qrimni Rossiyaniki deya tan olmasligi haqidagi bayonoti «Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga jiddiy zarar yetkazayotgani»ni aytgandi. «Hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni so‘rayotgani yo‘q, lekin agar u Qrimni xohlayotgan bo‘lsa, nega ular yarimorol uchun 11 yil oldin, birorta o‘q otilmasdan Rossiyaga topshirilganida kurashmadi?» — degan u.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

18:26 / 10.07.2025
Yevrokomissiya Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib olgan tarjimonni chetlatdi - Le Monde

10:39 / 10.07.2025
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda

22:34 / 09.07.2025