Xitoyda milliarderlar soni mingdan oshdi. Dunyodagi jami milliarderlarning uchdan bir qismidan ko‘pi xitoyliklar
2020 yil davomida dunyoda milliarderlarning soni 610 nafarga ko‘payib, 3228 kishiga yetgan. Dunyo milliarderlarining 54 foizi Xitoy va AQSh vakillari hisoblanadi.

2021 yilda dunyodagi milliarderlarning umumiy soni 3228 kishiga yetdi.
Hurun Report tomonidan tuzilgan ro‘yxatga ko‘ra, eng ko‘p milliarderlar Xitoy vakillari hisoblanadi. Ularning soni 259 kishiga ko‘payib, 1058 nafarni tashkil etmoqda. Ikkinchi o‘rinni AQSh egallab, o‘tgan yil davomida Qo‘shma Shtatlarda milliarderlar soni 70 nafarga ko‘payib, 696 nafarga yetgan.
Statistikaga ko‘ra, dunyo milliarderlarining 54 foizi Xitoy va AQSh vakillari hisoblanadi.
Keyingi pog‘onalarni Hindiston (177), Germaniya (141) va Buyuk Britaniya (134) vakillari egallagan.
Ushbu ro‘yxatda Rossiya yettinchi o‘rinda (85), o‘tgan yil bu davlatda milliarderlar soni 6 nafarga kamaygan.
So‘nggi 5 yilda Xitoyda milliarderlar soni 490 nafarga oshgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich AQShda 160tani tashkil etadi.
Yuzlab yillar davomida ilk marta dunyo boylarining yarmidan ko‘pi Osiyo qit'asi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xitoy boyligi 1 milliard dollardan oshgan mingdan ortiq vakil bilan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.
Milliarderlarning 145 nafari Pekinda, 113 nafari Shanxayda, 112 nafari Nyu-Yorkda istiqomat qiladi.
Pandemiya bo‘lishiga qaramay, dunyoda milliarderlarning soni 2020 yilda rekord darajada, ya'ni 610 nafarga ko‘paygan.
- Avvalroq, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskning boyligi Tesla aksiyalari narxi pasayishi natijasida 15,2 mlrd dollarga kamayib, 183 mlrd dollarga tushib qolishi natijasida, Amazon asoschisi Jyeff Bezos dunyo boylari reytingida peshqadamga aylangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda internetga kirish cheklab qo‘yildi
Jahon | 22:21
-
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13
-
Boysun o‘rmonida yirik yong‘in, muammoli avtobus bekatlari, vasiy tayinlangan yuzlab bolalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:03
-
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi
Jahon | 21:59
Mavzuga oid

18:33
Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi

16:30
Unicon-Soft Xitoyning yetakchi kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi

18:53 / 17.06.2025
Qozog‘iston prezidenti Xitoyga 1,5 ming bosh sayg‘oq sovg‘a qildi

13:59 / 17.06.2025