Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyat hokimliklari 100 nafardan xotin-qizlarning kontraktini to‘lab beradi - prezident
Har bir viloyat hokimi mahalliy budjet hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa 30-50 nafardan xotin-qizlarning kontraktini to‘lab berishga mas'ul bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar va qizlarning muammolarini hal qilish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasiga bag‘ishlangan videoselektorda ma'lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar orasida ishsizlik masalasini bartaraf etish bo‘yicha to‘xtaldi.
«Bir oy muddatda har bir tumandagi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tayotgan kollejlarning bo‘sh turgan qismini, tadbirkorlar uchun o‘quv xonasi va ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun 30 yilgacha muddatga imtiyozli ijaraga berish tartibini ishlab chiqish zarur.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov viloyat hokimlari bilan birga ushbu yangi tizim asosida joriy yil yakuniga qadar 50 ming nafar xotin-qizlarni o‘qitib, ish bilan ta'minlasin. Bunga Bandlik jamg‘armasidan 70 milliard so‘m ajratiladi.
Xalq banki joriy yilda 70 mingga yaqin xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun 2 trillion so‘m kreditlar ajratilishiga shaxsan mas'ul. Shu kunga qadar bank tomonidan tadbirkorlik kurslarini yakunlagan 4 ming nafar xotin-qizlarga kreditlar ajratildi.
Oliy ma'lumotli bo‘lish istagida bo‘lgan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan xotin-qizlarni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi. Ya'ni ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning kontrakt to‘lovini hokimiyat va oliygohlar qoplab beradi. Bunda, har bir viloyat hokimi mahalliy budjet hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa, 50 nafardan xotin-qizlarning kontraktini to‘lab berishga mas'ul bo‘ladi. Tanzila Norboyeva ushbu ishlarni tashkillashtirishga shaxsan bosh-qosh bo‘ladi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi
Jamiyat | 11:24
-
Isroil darziylarni himoya qilish uchun Suriya qo‘shinlariga zarba berdi
Jahon | 11:22
-
Rossiya dumasi «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonunchilikni yana kuchaytirmoqda
Jahon | 11:20
-
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 11:15
Mavzuga oid

19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi

19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi

19:05 / 22.01.2024
«Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi» tashkil etiladi

09:47 / 19.01.2024